Avval xabar berganimizdek, 17-19 may kunlari poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida stol tennisi bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi turnir bo‘lib o‘tadi. Bugun musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov ishtirok etdi.
Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini erkaklar orasida Zohid Kenjaev va Shohruh Iskandarov, ayollar o‘rtasida esa Marhabo Magdieva hamda Rozalina Xadjaevalar himoya qiladi.