O‘ZBEKISTON STOL TENNISI FEDERATSIYASI
O‘ZBEKISTON STOL TENNISI FEDERATSIYASI
Sportchini qidirish...
+998 (99) 115-30-30
info@uttf.uz
O'zbekcha
Sportchini qidirish...
UTTF
Biz haqimizdaTarkibiy tuzilma
Reyting
Musobaqalar
Klublar
KlublarSport maktablariTrenerlar
Terma jamoa
Ma’lumotlar
Yangiliklar
Onlayn translyatsiya
Yangiliklar
Sport – do’stlik va hamkorlik ko’prigi
19.07.2025
Xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.
O’zbekiston Soliq qo’mitasi Raisi – Stol tennisi federaTsiyasi raisi Sherzod Kudbiyev Qozog’iston Stol tennisi federaTsiyasi prezidenti Daniyar Abulgazin bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuvda mehmonlar chempionatning yuqori saviyada tashkil yetilganini yuksak baholadi va musobaqa Markaziy Osiyoda yoshlar o’rtasida stol tennisi rivoji uchun muhim omil bo’lib xizmat qilayotganini takidladilar. Suhbat chog’ida ikki mamlakat o’rtasida do’stona musobaqalarni muntazam tashkil yetish, qo’shma o’quv-mashg’ulot yig’inlarini o’tkazish hamda stol tennisini yoshlar orasida keng targ’ib qilish kabi yo’nalishlarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Sport insonlarni birlashtiradi. O’zbekistonda o’tayotgan XXIX Osiyo chempionati va 2027-yilda Qozog’istonda bo’lib o’tadigan stol tennisi bo’yicha Jahon chempionati kabi yirik tadbirlar mintaqa davlatlari o’rtasida tajriba almashuvi va do’stona aloqalarni mustahkamlash uchun muhim maydon bo’lib xizmat qilmoqda.
Hayat yig’ilishi
19.07.2025
Sport vazirligida yarim yillik faoliyat yuzasidan hayat yig’ilishi bo’lib o’tdi
Bugun Sport vazirligida 2025-yilning 1-yarim yilligidagi faoliyat sarhisobiga bag’ishlangan kengaytirilgan hayat yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda Prezident AdministraTsiyasi departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Sport vazirligi Markaziy apparati vakillari, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo’mitalari, oliy sport mahorati maktablari, hududiy sport boshqarmalari rahbarlari, MOQ hududiy bo’linmalari va sport federaTsiyalari masullari ishtirok etdi. Unda hisobot davridagi asosiy natijalar, tizimdagi muammolar, taklif va tashabbuslar, shuningdek, yilning ikkinchi yarmida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Yig’ilish sport tizimida samaradorlikni oshirish va sportchilarga yanada qulay shart-sharoit yaratish yo’lida muhim qadam bo’ldi.
Soliq inspeksiyasi kubogi
19.07.2025
Ohangaronda “Soliq inspeksiyasi kubogi” musobaqasi bo’lib o’tdi.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish va rivojlantirish davlat siyosatning muhim yo’nalishlaridan biri yetib belgilangan. Xususan, bugun Ohangaron shahar soliq inspeksiyasi rahbari va yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan sportning "stol tennisi" turi bo’yicha “Soliq inspeksiyasi kubogi” musobaqasi bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqa Ohangaron shahridagi yoshlar o’rtasida, sportning "stol tennisi" turi bo’yicha mahallalararo havaskorlar ishtirokida o’tkazildi. G’olib ishtirokchilar soliq inspeksiyasi boshlig’i tomonidan diplom va yesdalik sovg’alari bilan munosib taqdirlandilar
Turnir boshlandi
19.07.2025
Markaziy Osiyo stol tennisi bo’yicha saralash turniri boshlandi!
Ushbu nufuzli musobaqa 2026-yilda Londonda bo’lib o’tadigan jahon chempionati yo’llanmasini qo’lga kiritish uchun muhim imkoniyatdir. Turnir Qozog’istonning Olmaota shahrida o’tkazilmoqda.
Chempionat yakunlandi
19.07.2025
Toshkentda yoshlar o’rtasidagi 29-Osiyo chempionati yakunlandi!
2025-yil 26-iyun – 2-iyul kunlari “Humo Arena”da o’tkazilgan musobaqada Osiyoning 21 davlatida 400 nafarga yaqin yosh sportchi ishtirok etdi. G’oliblarni rasmiy taqdirlash marosimida Osiyo stol tennisi ittifoqi prezidenti Xalil Al-Mohannadi, Osiyo stol tennisi ittifoqi Kengashi azosi Abdulla Almulla, Osiyo stol tennisi ittifoqi bosh direktori Nabil al-Fakih, Osiyo Olimpiya Kengashining Markaziy Osiyo mintaqasi bo’yicha viTse-prezidenti, O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi raisi o’rinbosari Otabek Umarov, O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov, Qatarning O’zbekistondagi elchisi Hasan bin Hamza Hoshim, O’zbekiston stol tennisi federaTsiyasi raisi Sherzod Qudbiyev hamda boshqa yuqori martabali mehmonlar qatnashishdi. Hindistonlik 14 yoshli Divyanshi Bhovmik U15 qizlar yakkalik bahslarida 36 yildan so’ng mamlakatga ilk oltin medalni taqdim etdi. U19 o’g’il bolalar yakkalik bahsida Xitoylik WEN Ruibo chempion bo’ldi. Aralash juftlikda koreyalik Kim Gaon va Park Gaxyon g’olib chiqdi. U19 qizlar juftligi hamda yakkalik bahslarida Yaponiya terma jamoasi azolari, jamoaviy yo’nalishlarda esa Xitoy to’liq ustunlik qilib, barcha toifalarda oltin medallarni qo’lga kiritdi. Shuningdek, stol tennisi bo’yicha yoshlar o’rtasidagi 29-Osiyo chempionati doirasida muhim anana amalga oshirildi — Osiyo stol tennisi ittifoqi (ATTU) bayrog’i va keyingi 2026-yildagi chempionatni o’tkazish huquqi Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga (KXDR) tantanali tarzda topshirildi. Mazkur chempionat yosh istedodlar uchun xalqaro maydonga yo’l ochib, O’zbekistonning sport sohasidagi yuksak salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.
  •   
  • 1
  • 2
  •   
O‘ZBEKISTON STOL TENNISI FEDERATSIYASI
O‘ZBEKISTON STOL TENNISI FEDERATSIYASI
O‘STF
Biz haqimizdaTarkibiy tuzilmaRahbariyatMarkaziy apparat
Hududiy filiallarHakamlаr MurabbiylarHududlarOchiq ma’lumotlar
Terma jamoalar
KattalarYoshlarO‘smirlarReyting
Media
FotoVideo
© 2025. Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan foydalanganda saytga havola ko‘rsatilishi shart.