Juftlik stol tennisi yurtimizda tez ommalashib borayotgan sport turlaridan biri hisoblanadi va shu boisdan ham bu safargi mamlakat birinchiligida har galgidan ko‘proq sportchilar ishtirok etdi. Ular orasida Xorazm viloyati va Toshkent viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari sportchilari yuqori natijalar qayd etdi.
Erkaklar o‘rtasida Rasul Atamuradov, Izzatillo Hamroyev hamda Sunnatilla Murodullayev, ayollar o‘rtasida esa Nilufar Nurmetova, Mushtariy Bahodirova va Gulruh Olimova o‘z klasslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Stol tennisi federatsiyasi rahbariyati ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarga medalь, diplom hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.