Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizda «Dinamo» jismoniy tarbiya sport jamiyati Respublika kengashining huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va harbiy xizmatchilari o‘rtasida XXXIV an'anaviy Spartakiada o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Spartakiada dasturiga 9 ta sport turi – voleybol, stol tennisi, yengil atletika, xizmat ko‘p kurashi, futbol, o‘q otish, shaxmat, qo‘l jangi, sambo kiritilgan.