Tennischimiz Denis Istomin Franciyada davom etayotgan "katta toj" turkumiga kirovchi "Rolan Garros" musobaqasining asosiy to'riga yo'llanma oldi.

Denis Istomin saralash bosqichining final bosqichida germaniyalik Tobias Kamkega qarshi kortga chiqdi. 1 soatu 54 daqiqa davom etgan bahsda Denis Istomin 6/4, 7/6 hisobida g'alaba qozondi. SHu tariqa hamyurtimiz 3 ta saralash o'yinini o'z foydasiga hal qilib "Rolan Garros" turniri asosiy to'riga yo'llanma oldi.