Qatar poytaxti Doxa shahrida Osiyo qitʼasi uchun Tokio-2020 Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi litsenzion musobaqaning soʻnggi pallasi davom etmoqda.

Qizlar oʻrtasidagi musobaqaning yarim finaliga ikki nafar hamyurtimiz Marxabo Magdiyeva va Rimma Gufranova oʻzaro bahs olib borishdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan «Oʻzbek derbi”sida Marxabo raqibasini 4:2 hisobida taslim etib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Endi yosh va isteʼdodli stol tennischimiz ertaga final bahsida Qozogʻiston vakilasi Anastassiya Lavrovaga qarshi bahs olib boradi.

🔥🏓Umid qilamizki, ertaga Zohid Kenjayev va Maxrabo Magdiyeva final uchrashuvlarida gʻalaba qozonib, vatanimizga Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun navbatdagi litsenziyalarni taqdim etishadi.