Hozirgina Zohid Kenjayev Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi litsenzion musobaqasining yarim finalida qozog'istonlik Kiril Gerasimenkoga qarshi bahs olib bordi.
Yetti set davom etgan shiddatli bahsda stol tennischimiz raqibini setlar bo'yicha 4:3 hisobida taslim etdi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Endi sportchimiz Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi litsenziya uchun Eron vakili Nima Alamiyanga qarshi bahs olib boradi.
Olg'a Zohid, Olg'a O'zbekiston!!!